Toza Ish haqida

Toza Ish — Toshkentdagi ish e'lonlari katalogi. Sayt @toza_ish Telegram kanalidagi e'lonlarni ko'rsatadi: har bir e'lonning o'z sahifasi bor, kasb, tuman va maosh bo'yicha saralash mumkin.

Ish izlovchi uchun sayt bepul: ro'yxatdan o'tish ham, to'lov ham yo'q.

Vakansiyalar qayerdan keladi

E'lonlarning bir qismini ish beruvchilar @toza_ish_bot orqali o'zlari yuboradi. Bir qismini biz ochiq e'lonlardan to'playmiz — bunday vakansiyalarda «ochiq manbalardan» belgisi turadi. Har ikkala holda maosh va shartlar ish beruvchi bergan ma'lumot asosida ko'rsatiladi.

Qanchalik yangi

Vakansiya kanalga chiqqanidan ko'p o'tmay saytda paydo bo'ladi. Yopilgan e'lon o'chirilmaydi: sahifada «Vakansiya yopilgan» belgisi chiqadi, raqam ko'rsatilmaydi, yonida o'xshash ochiq vakansiyalar turadi.

Kim yuritadi

Saytni Toza Ish loyihasi yuritadi — @toza_ish kanali va @toza_ish_bot boti bilan bitta loyiha. Loyiha ish beruvchi ham, kadrlar agentligi ham emas: biz e'lonni chop etamiz, ishga olish esa ish beruvchi bilan ish izlovchi o'rtasida bo'ladi.

Telegram kanal · Vakansiya joylash · Savollar · Aloqa